Federal ko‘rgazmalardagi ishtirokimiz Federal ko‘rgazmalardagi qizg‘in kunlar ham nihoyasiga yetdi. Quyida bu qanday bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin. Agar Sizga mahsulotimiz yoqqan bo‘lsa va biz bilan hamkorlik qilishga qaror qilgan bo‘lsangiz, unda rolik yakunida ko‘rsatilgan telefon raqamlari bo‘yicha bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki info@textilecontrol.uz elektron manziliga so‘rov yuboring.
Siz har kuni foydalanadigan matoning har bir santimetri – bu paxtakorlardan tortib, to dizayner va tikuvchilargacha bo‘lgan bir necha yuz kishining mehnat mahsulidir.
Textile Control mehmonlar, hamkorlar va dilerlarni ko‘rgazmalardagi stendlarimizga tashrif buyurishga taklif etadi. Biz «S lyubovyu ot mami»™ (“Onamdan muhabbat bilan”) deb nomlangan mahsulotni taqdim etamiz.
Biz mijozlar uchun o‘zimizni O‘zbekistondagi ishonchli hamkorlar sifatida ko‘rsatdik. Biz amalga oshirgan loyihalar orasida dunyo brendlarining vakillari bilan hamkorlikdagi ishlar ham bor.
Biz Unilever, Amway, Coca-Cola, Nestle Purina, Familia, Soyuzlegprom, Cheksil, Lime, Interteks.ru, Gul-Ren-teks, mdom.ru, Orioncon, A-Teks Savdo uyi kabi yetakchi transmilliy korporatsiyalar reklama kampaniyalarining promo-mahsulotlarini (sumkalar, futbolkalar, beysbolkalar, sochiqlar va h.k.) nazorat qilish bo‘yicha keng ko‘lamli buyurtmalarni bajardik.
Biz tomonimizdan O‘zbekiston hududida nazorati amalga oshirilgan tekstil mahsulotlari ishtirok etgan reklama kampaniyalari Rossiya shaharlarida o‘tkazildi.
Chakana savdo sohasida biz zamonaviy liboslar ishlab chiqaruvchi riteyler-kompaniyalar va yirik supermarketlalar tarmoqlaridan biri bilan hamkorlik qilamiz. Barcha hamkorlarni quyida ko‘rishingiz mumkin: