Kompaniya haqida
Textile Control O‘zbekiston bozorida 2010 yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi, u o‘zida tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisining odatiy quvvati va to‘g‘ri tanlangan marketingni birlashtirgan birinchi ishlab chiqarish kompaniyasi sanaladi. Kompaniyaning o‘zi tomonidan trikotaj polotnosi, paxmoq buyumlar va gazlamalarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Textile Control — O‘zbekistondagi AQL kashshoflaridir. Biz AQL sifat nazorati tizimi bo‘yicha nazorat ishiga MLT-std 105 standartini muvaffaqiyatli joriy etdik. Biz O‘zbekiston korxonalarining har oylik monitoringini quyidagi parametrlar bo‘yicha taqdim etamiz: mahsulotlar ro‘yxati, tovar sifati, yetkazib beruvchining vijdonliligini ob’ektiv baholash, so‘rov bo‘yicha sizni qiziqtirgan korxonaning vizual va masofadan turib amalga oshiriladigan taqdimoti, ishlab chiqarish quvvatlarini baholash.
Textile Control rubl zonasidagi hamkorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega (ushbu axborot faqat RFdagi mijozlar uchun), chunki biz RFda Savdo uyiga egamiz, ombor esa Moskvada quyidagi manzil bo‘yicha joylashgan:
«LIBERTI»: Moskva, Shchelkovskoye shossesi 3, 1-qurilma, 502-ofis.
Hamkorimiz bo‘lishni istaysizmi? Unda qo‘ng‘iroq qiling!
+7 909 679 99 88, +7 962 997 81 77, 7 495 150 77 95
+8 800 707 77 95
Zarurat tug‘ilganida Textile Control hamkorlar tashrifini tashkil qiladi hamda yetkazib beruvchilar va buyurtmachilarning ish yuzasidan uchrashuvini uyushtiradi.
Textile Control xizmatlari qiymatini baholash ishlari buyurtmachidan kelib tushgan batafsil so‘rovga ishlov berish yakunlari bo‘yicha belgilanadi va alohida har bir holat bo‘yicha qat’iy individual hisoblanadi.