GAZLAMALAR

Yotoq uchun matolarKo'ylak uchun matolar

 

Textile Control kompaniyasi va hamkorlarimizning bosh ishtirokida O‘zbekistonda Biancheria da Favola! markasi ostida LYuKS sinfiga kiruvchi BIRINCHI choyshablar dunyo yuzini ko‘rdi

Bizning choyshablar 100% paxtadan tayyorlangan bejirim va asl satin strayp matosidan ishlab chiqarilgan, xalqda uni «super satin» yoki «shohona satin» ham deyishadi. Supersatindan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari — mehmonxona segmenti, chunki gazlama jakkard to‘qilishi tufayli yuqori darajadagi chidamlilikka ega bo‘lgani bois 420 marta yuvishga dosh bera oladi. Choyshab matosini bo‘yashda biz gipoallergen faol bo‘yovchi vositalardan foydalanamiz, ular tufayli gazlama yuvilganidan so‘ng o‘z rangini yo‘qotmaydi va oqarib ketmaydi.

 

Shuningdek Textile Control perkal, silliq satin, ronfors, batist, poplin, xomsurp, mitkal hamda duxoba kabi turli endagi ko‘ylaklik va choyshablik matolarni ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ydi. Formali kiyimlar hamda diagonal va dag‘al mato kabi oshxona jihozlari uchun gazlamalar ishlab chiqarish imkoniyatiga egamiz. Hisoblash uchun texnik xarakteristikalar olinganidan so‘ng gazlamalarni dag‘al va bo‘yalgan ko‘rinishda yetkazib berish imkoniyati bor.

Yetkazib berish shartlari: FCA Toshkent, O‘zbekiston yoki tayinlangan joydagi CIP

 

To‘lov shartlari:

  • Bir partiya tovar uchun 100% oldindan to‘lov.
  • 50% konteyner yuklab jo‘natilgunga qadar 50% oldindan to‘lov
  • yoki 50% oldindan to‘lov 50% Akkreditiv

Transportda tashish: gazlama rulonlar va pachkalar ko‘rinishida, shuningdek KPBni 20 va 40 futlik konteynerlarda yoki avtofuralarda jo‘natish mumkin. Uncha katta bo‘lmagan hajmda yukingizni birlashtirish imkoniyati mavjud.

Barcha masalalar yuzasidan to‘qimachilik bo‘yicha menejerga +998 90 989 88 08 va 998 71 267 06 97 raqamlari bo‘yicha murojaat qiling.